Koronavirus pandemiyasidan keyin dunyo siyosatida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishMujchina idet po mostu
Mujchina idet po mostu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspert koronavirus pandemiyasining dunyodagi siyosiy jarayonga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida o‘z fikrlarini bayon etdi

TOShKENT, 8 apr - Sputnik. Koronavirus pandemiyasi tugagach, siyosiy tizimlarda global miqyosda muayan siljishlar bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi Moskva davlat pedagogika universiteti Tarix va siyosat instituti direktori o‘rinbosari, Rossiya siyosiy fanlar uyushmasi boshqaruv a’zosi Vladimir Shapovalov.

Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
"Samoizolyatsiya qurbonlari": koronavirus tufayli migrantlar qancha pul yo‘qotadi?

"Pandemiya, shubhasiz, barcha siyosiy tizimlar uchun jiddiy sinovdir, chunki u ba’zi siyosiy qarorlarning qanchalik qonuniy yoki noqonuniy emas ekanligini, siyosiy elitalar chaqiriqlarni qanday hal qilayotgani yoki aholi ehtiyojlarini qanchalik qondira olayotganliklarini namoyish etadi", - dedi u onlayn rejimida o‘tkazilgan "Koronavirus pandemiyasi davrida saylovlarni kechiktirish to‘g‘risida qaror: afazalliklar va imkoniyatlar" mavzusidagi davra suhbati davomida.

Mutaxassis hozirda qabul qilinayotgan qarorlar natijasida turli davlatlarda siyosiy siljishlar bo‘lishi mumkinligini istisno etmadi.

"Umumjahon miqyosidagi pandemiya tugashi bilan, ba’zi siyosiy siljishlar bo‘lishi mumkin, deylik, hozirgi paytda hokimiyat tepasida yoki muxolifatdagi ba’zi siyosiy kuchlar, saylovchilarning deputatlar faoliyatiga qanday baho berishiga qarab, hokimiyatdagi o‘z joylarini o‘zgartirishi mumkin", - deydi Shapovalov.

Shu nuqtayi nazardan, ekspert fikriga ko‘ra, Rossiyada qabul qilinayotgan - saylovchilarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishga qaratilgan qarorlar - fuqarolar tomonidan ijobiy baholanmoqda.

3 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Markaziy Saylov Komissiyasi og‘ir epidemiologik vaziyat tufayli Rossiya Federatsiyasining tarkibiy tuzilmalarida rejalashtirilgan bir qator saylovlar va referendumlarni 2020-yil 5-apreldan 21-iyunga qoldirishga qaror qildi.

Yangiliklar lentasi
0