Yolg‘on mish-mishlardan so‘ng Nazarboyev aks etgan video e’lon qilindi

Obuna bo‘lish
Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev hukumat rahbari Askar Mamin bilan uchrashdi. Ular koronavirus epidemiyasiga qarshi chora-tadbirlarni muhokama qildilar.

TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Yelbasi Nursulton Nazarboyev hukumat rahbari Askar Mamin bilan uchrashdi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.

Matbuot kotibi Aydos Ukibay uchrashuv videosini Twitter’ga joylashtirdi.

Uchrashuvda koronavirus epidemiyasiga qarshi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

“Ish qanday olib borilayotganini ko‘rmoqdaman. Prezident bilan birgalikda muammolarni hal qilmoqdamiz. Ko‘rilgan choralar epidemiya tarqalish sur’atlari pasayishiga yordam berdi, tibbiyot xodimlari juda yaxshi ishlashdi”, - dedi Nazarboyev.

Nazarboyev ertaga Qozog‘iston xalqiga murojaatnoma tayyorlanishini ma’lum qildi.

“Hozir butun dunyoga qiyin. Epidemiya cho‘qqisidan hali o‘tilmadi. Shunday ekan, bir-birimizga hurmatni saqlagan holda, sabr-toqatni namoyon etishimiz kerak”, - dedi Yelbasi.

Nazarboyevning sog‘lig‘i haqida mish-mishlar

O‘tgan haftada Aydos Ukiboy qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev betob emas, degan bayonot bilan chiqqandi.

"Biz hech qachon mish-mishlarga izoh bermaganmiz. Ammo oxirgi vaqtlarda ayrim shaxslar mamlakatdagi vaziyatni izdan chiqarish uchun faol harakatlarni boshlab yubordi, xususan, ular Yelbasi sog‘lig‘i haqida haqiqatga mutlaqo zid bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatmoqdalar. Bularning barchasi - fitna va yolg‘on. Ishontirib aytamanki, Nursulton Nazarboyev butkul sog‘lom va hatto karantin sharoitida ham vatan ravnaqi uchun mehnat qilishda davom etmoqda", - degan Ukiboy.

Nazarboyevning matbuot-kotibi, barcha cheklovlar olib tashlangach, ishchi uchrashuv yoki birinchi prezident ishtirokidagi ilk majlisdan videoyozuv tayyorlab, bo‘lishishga va’da bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, qat’iy karantin sharoitida Yelbasining ishchi kabinetiga kirish cheklangan.

 

Yangiliklar lentasi
0