Rossiyada koronavirusga qarshi dorilarning klinik sinovlari boshlandi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishLekarstvo.
Lekarstvo. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada koronavirus davolashda Mefloxin, Gidroksixloroxin va Kopidavir dorilarining qiyosiy klinik sinovlari boshlandi.

TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Rossiyada koronavirus bilan og‘rigan bemorlarni davolash uchun Mefloxin, Gidroksixloroxin va Kopidavir dorilarining qiyosiy klinik sinovlari boshlandi. Bu haqda Federal biotibbiy agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Sotrudnik laboratorii vipolnyayet analizi na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada “korona”ga immunitet testi tayyorlanmoqda

Sinovlar A. I. Burnazan nomidagi Federal tibbiy biofizik markazida COVID-19 tashxisi qo‘yilgan bemorlarning yozma roziligi bilan o‘tkaziladi.

Bahorning boshida Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoydan tarqalgan, COVID-19 kasalligini keltirib chiqaradigan yangi koronavirusning tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. U bilan dunyo bo‘ylab 1,21 milliondan ortiq odam yuqtirildi, 67,6 ming kishi vafot etdi.

Rossiyada koronavirus 7497 kishida (81 subyektda) aniqlandi, shundan 494 nafari tuzalib, 58 nafari vafot etdi.

O‘zbekistonda kasallanganlar 504 kishini tashkil etdi. Davolanganlar 30 kishi. 2 kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0