Navoiyda butun bir oila karantindan qochib ketdi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaKarantin
Karantin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Navoiyning Nurota tumanida er-xotin 3 nafar farzandi bilan karantin hududidan o‘zboshimchalik bilan qochib ketgani aniqlandi.

TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Navoiyda er-xotin va uch farzandi karantindan qochib ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.

Nadpis Karantin - Sputnik O‘zbekiston
Endi 10-yilgacha: karantin qoidasini buzganlik uchun jazo kuchaytirildi

Ma’lum qilinishicha, Sh.S. ismli ayol, turmush o‘rtog‘i B.B. va uch nafar farzandi bilan Toshkent shahridan qaytib kelganligi sababli Nurota tumani Sanitariya epidimiologiya-osoyishtalik markazi tomonidan karantinga olingan. Biroq 6-aprel kuni ular o‘zboshimchalik qilib karantin hududidan qochib ketishgan.

Qoidabuzarlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

IIV ma’lumotlariga ko‘ra, karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 32 649 ta holat aniqlangan. Qoidabuzarlik bo‘yicha Toshkent shahri (5 284 ta holat) Farg‘ona viloyati (4 088) va Toshkent viloyati (3 910) yetakchi hudud bo‘lib qolmoqda. Eng kam qoidabuzarlik Navoiy viloyatida (345) kuzatilgan.

Yangiliklar lentasi
0