TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Dunyoning turli mamlakatlarida koronavirusga qarshi kurashda tibbiy niqoblardan foydalanishga bo‘lgan munosabat tahlil qilindi. RIA Novosti xabariga asosan.
- Kanada – Hukumat niqoblarni infeksiya tarqalishiga qarshi kurash uchun “majburiy shartlardan” biri sifatida tavsiya qiladi.
- AQSh – Hamma yuzini berkitishi kerak, masalan, uydan chiqayotganda matodan tikilgan niqob bilan.
- Tailand – Hukumat ko‘chada niqob taqib yurishni tavsiya qiladi.
- Xitoy – Aksariyat shaharlarda niqob taqish shart.
- Hindiston – Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi “hamma niqob taqishi shart emasligini” ma’lum qilgan.
- Singapur – SSV qo‘llanmasida shunday yozilgan: shamollash alomatlari bo‘lgan taqdirda niqob taqib, shifokorga murojaat qilish kerak.
- Avstraliya – Niqob kasal kishilarga boshqalar va tibbiyot xodimlari oldida yo‘talmasliklari uchun kerak.
- Avstriya – Niqob “supermarketlarga borganda majburiy”.
- Shvetsiya – Har bir kishi niqob taqish yoki taqmaslikni o‘zi hal qiladi.
- Fransiya – Barcha niqob zaxiralari shifokorlar va koronavirus bilan kasallanganlar uchun.
- Irlandiya – SSV: “Basharti kasal bo‘lmasangiz, tibbiy niqoblar foydasi dargumon”.
- Buyuk Britaniya – Chora majburiy, hukumatning uning samarali ekaniga asosli dalillari yo‘q.
- Chexiya, Slovakiya, Bosniya va Gersegovina – Niqob ko‘chada majburiy.
- Germaniya – Hukumat ko‘chada niqobdan foydalanishni majburiy chora sifatida ko‘rib chiqmoqda.
- Italiya – Niqob – “ijtimoiy majburiyat”.
- Turkiya – aholi niqobni odam gavjum joyda, jumladan, do‘kon va ish joyida taqib yurishi shart. Shu bilan birga niqoblar ularga bepul tarqatiladi. Uni sotish taqiqlangan.
- O‘zbekistonga kelsak: mamlakatda 25-martdan jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlangan. Ushbu harakatni sodir etgan shaxs 1 mln 115 ming so‘m miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Tarik Yazarevichning so‘zlariga ko‘ra, sog‘lom odamlar niqob taqishi talab etilmaydi va niqob o‘zi COVID-19’dan himoyani kafolatlamaydi.
Rossiya SSV rahbari Mixail Murashko hamma ko‘chada yangi koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqish yurish lozim deb hisoblaydi. Ular tibbiy niqob bo‘lishi shart emas. Qo‘lda tayyorlangan niqoblardan foydalansa bo‘ladi.