TOShKENT, 6 apr - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 457 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Sal oldin ushbu kasallikdan butunlay sog‘ayganlar soni 30 nafarni tashkil etgani haqida xabar berligan edi.
Qurbonlar – 2 nafar: 72 yoshli namanganlik ayol va Toshkentda yashagan 39 yoshli shifokor.
Shuningdek, 6-aprel kuni TIV Nyu-Yorkda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etganini tasdiqladi. Bu xorijdagi o‘zbekistonliklar orasida koronavirusdan dastlabki o‘lim holatlari bo‘ldi.