TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 390 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
“Shu soatgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 390 nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan xabarda.
O‘zbekistonda ushbu kasallikdan butunlay sog‘ayganlar soni esa 30 nafarni tashkil etmoqda.
Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi koronavirus infeksiyasi - COVID-19 tarqalishini pandemiya deb e’lon qilgan edi. 6 aprel ertalabki holatiga ko‘ra dunyoning 200 dan ortiq davlatida jami 1,2 mln nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ulardan 264 833 nafari sog‘aygan, 60 mingga yaqin kishi vafot etgan.