Har bir fuqaro qachon, kim bilan muloqot qilganini yozib borishi maqsadga muvofiqdir – BP

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana
Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar doirasini aniqlash bo‘yicha idoralararo shtab va ishchi guruhlar tuzildi.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Bosh prokuratura 4-aprelida koronovirus keng tarqalishining oldini olish, tegishli xizmatlarga mazkur kasallikka chalingan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslarni tezkor ravishda aniqlash va ularning boshqa fuqarolar bilan muloqotini cheklash bo‘yicha ko‘maklashish choralarini belgiladi.

Jumladan, Bosh prokuraturada koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar doirasini aniqlash bo‘yicha idoralararo Shtab, hududlarda esa idoralararo ishchi guruhlar tuzildi.

Mazkur guruhlar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan tegishli surishtiruv ishlarini o‘tkazadi, ularning epidemiologik marshruti, kim bilan qachon, qayerda muloqotga kirishganini aniqlaydi.

“Bosh prokuratura fuqarolarimizdan bugundan boshlab o‘zlarining kundaliklarini yuritishlarini so‘raydi. Har bir fuqaro qachon, kim bilan, qayerda va qay tarzda muloqot qilganini yozib borishi maqsadga muvofiqdir”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, bu ma’lumotlar kasallikning oldini olish, uning tarqalishiga chek qo‘yish, pirovardida minglab odamlarning hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus tasdiqlangan holatlar 390 taga yetgan. Ushbu kasallikdan butunlay sog‘ayganlar soni esa 30 nafarni tashkil etmoqda. Ikki kishi koronavirus qurboniga aylandi.

 

Yangiliklar lentasi
0