TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Futbol bo‘yicha Belorussiya chempionati uchinchi davrasida "Energetik-BGU" jamoasi "Minsk"ni 2:0 hisobida yengib chiqdi. Ushbu o‘yinda ikkinchi golni o‘zbekistonlik legioner Jasurbek Yaxshiboyev urib, muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi.
"Paxtakor" jamoasi tarbiyalanuvchisi 92 daqiqada chap qanotdan shiddatli hujum uyushtirib davrozaga noqulay vaziyatdan mohirona to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Belarussiya chempionatida "Energetik" jamoasi 3tka o‘yinda ham g‘alaba qozonib bugungi kunda juda ildam qadam tashlamoqda. Ushbu g‘alabalarda o‘zbekistonlik legionerning ham hissasi katta. O‘tgan 3 o‘yinda Jasurbek 3ta to‘p kiritishga va 1ta natijali uzatma berishga muvaffaq bo‘ldi va oyning eng yaxshi o‘yinchisi deb tan olindi.
"Ba’zilar biznining jamoaga oltin medal bashorat qilishmoqda, lekin biz hali bunday deb o‘ylamaymiz. kelajakda ham shunday harakatlanib olg‘a yurishda davom etamiz", - deydi kamtarlik bilan Jasurbek.
Yaxshiboyev ishtirokida navbatdagi o‘yin 11-aprel kuni bo‘li o‘tishi rejalashtirilgan. Unda "Energetik" "Torpedo-BelAz" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.