SSV COVID-19 bemorlari haqidagi qo‘shimcha ma’lumot berdi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Mediabankka o‘tishMedsestra stavit kapelnitsu patsiyentu
Medsestra stavit kapelnitsu patsiyentu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda koronavirus 0-9 yoshgacha bo‘lgan 10 nafar bolada aniqlangan. Toshkentda 170 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor davolanmoqda. 2 nafar bemorning ahvoli o‘ta og‘ir baholanmoqda.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik.  O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan 390 nafar fuqarodan 188 nafari erkaklar, 202 nafari esa ayollardir. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yosh jihatdan qaraydigan bo‘lsak: 0-9 yoshgacha – 10 nafar (2,6%); 10-19 yoshgacha – 15 nafar (3,8%); 20-29 yoshgacha – 59 nafar (15,1%); 30-39 yoshgacha – 111 nafar (28,5%); 40-49 yoshgacha – 123 nafar (31,5%); 50-59 yoshgacha – 48 nafar (12,3%); 60-69 yoshgacha – 17 (4,4%); 70-79 yoshgacha – 6 (1,5%); 80 yoshdan yuqori bo‘lganlar 1 nafar (0,3%)ni tashkil etmoqda.

V Kazani zapustili proyekt po razrabotke vaksini ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19ni oldini olishning yagona uslubi e’lon qilindi

Ayni paytda Toshkent shahrida 170 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor davolanmoqda. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2, Andijon viloyatida 61, Buxoro viloyatida 19, Namangan viloyatida 48, Farg‘ona viloyatida 64, Xorazm viloyatida 18, Qashqadaryo viloyatida 6 hamda Navoiy viloyatida 2 nafar bemor hududdagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanishmoqda. Bemorlarga tibbiyot xodimlari tomonidan xalqaro standartlar asosida davo muolajalari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, bemorlarning 31 nafarida pnevmoniya kuzatilmoqda. Shundan 9 nafarining ahvoli nisbatan og‘ir, 2 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir baholanmoqda.

SSV mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surushtiruv hamda koronavirus infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha zarur profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus tasdiqlangan holatlar 390 taga yetgan. Ushbu kasallikdan butunlay sog‘ayganlar soni esa 30 nafarni tashkil etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0