Pandemiya tufayli yo‘q bo‘lib ketishi mumkin bo‘lgan kasblar aytildi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishSoiskatel raboti
Soiskatel raboti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
COVID-19 tufayli ko‘p sohalarda avtomatlashtirish va raqamlashtirish jadal olib borilmoqda. Bu o‘z navbatida mijozlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan mutaxassisliklarning yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishi mumkin.

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Progressiv ta’limot instituti mutaxassislari fikriga ko‘ra, butun dunyoni qamrab olgan koronavirus pandemiyasi tufayli ayrim mutaxassisliklar yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.

Xususan, turizm, fitnes, moda va jamoat ovqatlanish sohalarida ish o‘rinlari butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin, deb hisoblaydi Institut mutaxassislari.

Kadrlar sohasi mutaxassislari fikriga ko‘ra, bugungi kunda COVID-19 bilan dunyoda 1,2 million kishi kasallangan. Ushbu pandemiya ko‘p sohalarda ish jarayonini tezkor avtomatlashtirish va raqamlashtirishga majbur qilmoqda.

Ushbu o‘zgarishlar tufayli kichik tahlilchilar, huquqshunos-maslahatchilar,  bank menedjerlari, farmatsevtlar, rieltorlar, event-menedjerlar, tarjimon, o‘qituvchi va repetitorlar o‘z ish joylarini yo‘qotishlari mumkin, deb hisoblaydi Instiut mutaxassislari.   

Rossiyaning eng ommaviy ish qidiruv portali bo‘lgan HeadHunter ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi oylarda Rossiyada tibbiyot, farmatsevtika, xavfsizlik sohalarida vakansiyalar ko‘paygan. Shuningdek, davlat xizmatlari, qurilish va ko‘chmas mulk shuningdek uy personali sohalarida ham yangi vakansiyalar paydo bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0