Vazir Shermatov muharrir va o‘qituvchilarni hamkorlikka chaqirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMinistr narodnogo obrazovaniya Sherzod Shermatov
Ministr narodnogo obrazovaniya Sherzod Shermatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shermatovning aytishicha, shu vaqtgacha efirga ketgan 400 dan ortiq videodarslardan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan 4-5 ta xato topilib, chaynalmoqda. Ba’zi "tashabbuskor"lar, hatto, o‘qituvchilarni obro‘sini to‘kishga harakat qilishmoqda

TOShKENT, 4 mar - Sputnik. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov hozirgi og‘ir sharoitda 6 milliondan ortiq o‘quvchilar vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga o‘z hissasini qo‘shayotganlar faoliyatidan xato topib, ularni ustidan kulishga harakatni davom ettirgandan ko‘ra, umumiy tashqi dushman – koronavirus (COVID-19) epidemiyasi oldida birlashib, o‘zaro yordam berish eng yaxshi yechim bo‘lar edi, deb hisoblashini ta’kidladi.

"Adashmasam, MDH davlatlari ichida, aynan O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib barcha sinflar bo‘yicha 3 tilda inklyuziv (surdotarjima bilan) onlayn darslarni ishga tushirdi.

Kuniga o‘rtacha 100 ga yaqin videodarslar olinishini inobatga olishimiz zarur. Vaqt qisqa ekani, hamda karantinni inobatga olib ishtirokchilar qisqartirilgani sababli, xatolar o‘tib ketishi xavfi yuqori edi. Shu vaqtgacha efirga ketgan 400 dan ortiq videodarslardan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan 4-5 ta xato topilib, chaynalmoqda. Afsuski, ba’zi "tashabbuskor" insonlar tomonidan ushbu xatolarga juda qattiq e’tibor qaratilib, o‘qituvchilarni obro‘sini to‘kishga harakat bo‘lmoqda. Aslida esa ko‘p holatda bu harakat o‘zlarining ijtimoiy tarmoqdagi guruhlari va kanallarining faolligini oshirishga qaratilgan", - deyiladi vazir sahifasida e’lon qilingan postda.

Shermatovga ko‘ra, hozirgi og‘ir sharoitda 6 milliondan ortiq o‘quvchilar vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga o‘z hissasini qo‘shayotganlar faoliyatidan xato topib, ularni ustidan kulishga harakatni davom ettirgandan ko‘ra, umumiy tashqi dushman – koronavirus (COVID-19) epidemiyasi oldida birlashib o‘zaro yordam berish eng yaxshi yechim bo‘lar edi.

"Agar haqiqatda millatimiz savodxonligi uchun shunchalik kuyinish bor bo‘lsa, sizni ushbu jarayonga yordam berishga taklif etamiz. Videodarslar efirga ketishidan avval ularni ko‘rib beruvchi muharrirlarga ehtiyoj juda katta", - degan Shermatov va yordam berishni istaydiganlar bit.ly/onlinemaktabyordam orqali bog‘lanishlari mumkinligini eslatib o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0