TOShKENT, 3 apr - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 227 nafarga yetdi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Sal oldin Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Atabekov koronavirusga chalingan bemorlarning 4 nafari og‘ir ahvolda, ekanligini ma’lum qilgandi.
Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi koronavirus infeksiyasi - COVID-19 tarqalishini pandemiya, deb e’lon qilgan edi. 3 aprel soat 09.30 holatiga dunyoning 204 davlatida jami 1 015 877 nafar bemorlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ulardan 212 992 nafari sog‘aygan, 53 217 nafari vafot etgan, 37 654 nafar bemorlar og‘ir ahvolda qolmoqda.