TOShKENT, 3 apr – Sputnik. “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining maxsus ishchi guruhi Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqiga a’zolikning ijobiy va salbiy tomonlarini o‘rganib chiqishdi.
Partiyaning ushbu mavzuga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilishida ushbu izlanishlaring tahliliy natijalari e’olon qilindi. Unda aytilishiga ko‘ra O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilishining quyidagi ijobiy tomonlari bor:
- YeOII davlatlaridagi o‘zbekistonlik migrantlar pul jo‘natmalari hozirgi 4-5 mlrddan 7-8 mlrd AQSh dollarigacha oshishi mumkin;
- YeOII tarkibida energiya manbaalarining yirik eksportchilari borligi tufayli ushbu sohadagi hamkorlik O‘zbekiston uchun samarali bo‘lishi mumkin;
- Turizm sohasida yangi imkoniyatlar ochiladi, xalqro yo‘lovchi tashish soddalashadi;
- O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi ortadi. Katta bozorga chiqish va o‘zining mahsulotlarini eksport qilish orqali ayrim tadbirkorlarimiz faoliyati yanada kengayadi;
Shu bilan birga “Adolat” partiyasi ishchi guruhi xulosasiga ko‘ra, YeOIIga a’zo bo‘lish O‘zbekiston uchun quyidagi salbiy oqibatlarni olib kelishi mumkin:
- avtomobilsozlik, oziq-ovqat, farmatsevtika va boshqa sanoatlar 2 mlrd. AQSh dollari atrofida yo‘qotishga uchraydi;
- O‘zbekiston tashqi siyosatida mustaqillikni yo‘qotishi mumkin. “YeOII davlatlari tashqi savdo siyosatini yetarlicha mustaqil muvofiqlashtirish imkoniyatiga ega emas”;
- Hozircha YeOII nizolarni hal qilishda namuna ko‘rsata olgani yo‘q. “Davlatlarning muhim manfaatlari to‘qnash kelganda ittifoq qoidalarini bir tomonlama buzilishi kuzatilmoqda”;
- Ittifoqning eng katta a’zosi (85%) Rossiya iqtisodi xalqaro sanksiyalar bosimi ostida. Bu ittifoqdosh boshqa mamlakatlar iqtisodiga ham salbiy t’sir ko‘rsatmoqda;
Yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda “Adolat” partiyasi deputatlari O‘zbekistonning YeOIIda hozircha faqat kuzatuvchi davlat sifatida kirishini maqullashdi. Partiya ushbu masalani tahlil qilishda va ning natijalarini OAVda yoritishda davom etadi, deyilgan xabarda.