O‘zbekistonliklar karantin vaqtida qanday kitoblarni mutolaa qilishmoqda?

Obuna bo‘lish
Mamlakatda karantin rejimi e’lon qilingandan keyin, garchi savdo do‘koniga keladiganlar soni keskin kamaygan bo‘lsa-da, ammo kitob so‘rab qo‘ng‘iroqlar qiluvchilar soni oshgan

TOShKENT, 2 apr - Sputnik. O‘zbekistonliklar karantin davrida qanday kitoblarni eng ko‘p xarid qilishayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri "Sharq ziyokori" markazi direktori Umid Xoliqovdan olingan ma’lumotlarga tayanib xabar bermoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Kitob o‘qish darajasi yetarli emas – Shavkat Mirziyoyev

"Mamlakatimizda karantin rejimi e’lon qilingandan keyin, garchi savdo do‘koniga keladiganlar soni keskin kamaygan bo‘lsa-da, ammo qo‘ng‘iroqlar soni oshdi. Ko‘proq bizdan maslahat so‘rashayapti, nima tavsiya qilasiz deb. Lekin ko‘pchilik farzandlari uchun kitoblarga qiziqayapti. Bundan ko‘rinadiki ota-onalar farzandlari karantin vaqtida uyda kitob o‘qishi uchun qayg‘urmoqda", - dedi Holiqov.

Markaz tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, bolalar uchun rus va o‘zbek tilidagi adabiyotlar orasida eng ko‘p xarid qilingani Xudoyberdi To‘xtaboyevning "Shirin qovunlar mamlakati" ertagi, Mark Tvenning "Priklyucheniya Geklberri Finna" sarguzasht asari, ingliz yozuvchisi Jon R.R.Tolkinning "Xobbit, ili tuda i obratno" qissasi, Abdulla Qahhorning "O‘tmishdan ertaklar"i, shuningdek, "Priklyucheniya Neznayki", "Ostrov sokrovish" va "Priklyucheniya Pinokkio" sarguzasht asarlari eng ko‘p so‘ralgan va xarid qilingan kitoblar ro‘yxatidan o‘rin olmoqda.

"Karantin davrida respublikamizda kitob o‘qish uchun ancha qulayliklar yaratildi. Masalan bolalar kutubxonasining elektron kutubxonasi, Milliy kutubxona sayti, "Hilol nashr" nashriyotining elektron kitoblari bepul taklif etilyapti", - deb qo‘shimcha qildi Holiqov. 

Eslatib o‘tamiz, sal oldin RIA Novosti pandemiya tufayli rossiyaliklar orasida epidemiya va turli kasalliklarga oid adabiyotlarga talab keskin kuchaygani haqida xabar bergan edi. Bular Yana Vagnening - "Vongozero",Frank Tilyening" - Pandemiya", Gabriel Garsia Markesning "Vabo va muhabbat"i va Aleksey Salnikov qalamiga mansub "Petrovi v grippe i vokrug nego" asarlaridir.

Yangiliklar lentasi
0