O‘zbekistonda kuniga 2,6 mln donadan ziyod tibbiy niqob ishlab chiqarilmoqda

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishTkanevie maski shirokogo naznacheniya,
Tkanevie maski shirokogo naznacheniya, - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda tibbiy niqob ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini kuniga 5 mln donaga oshirish borasida ishlar olib borilmoqda.

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. O‘zbekistondagi korxonalar kuniga 2,6 mln donadan ziyod tibbiy niqob ishlab chiqarmoqda. Bu haqda “O‘zto‘qimachiliksanoat“ uyushmasi xabar qilmoqda.

“Niqoblar ishlab chiqarishning kunlik hajmi 2 mln 640 ming donani tashkil etmoqda. Shu bilan birga tibbiyot xalatlari (kombinezonlar)ni ishlab chiqarish kunlik 9.0 ming donani va tibbiyot dokalari 398 ming pogon metrni tashkil etmoqda”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, niqoblar respublikaning deyarli barcha viloyatlarida ishlab chiqarilmoqda Eng ko‘p niqob Toshkent viloyatida (404 ming dona), Toshkent shahrida (283 ming dona), Qashqadaryo viloyati (232 ming dona) ishlab chiqarilmoqda.

Hozirda bu ko‘rsatkichlarni 5 mln donaga oshirish borasida ishlar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida tibbiy niqoblar va xalatlarni ishlab chiqarish kuniga 5 mln donaga etkazish bo‘yicha bir qator topshiriq bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0