Stiker olmoqchi bo‘lgan "inomarka" egalari yoppasiga arizasini qaytarib oldi

© Davlat xizmatlari agentligiVladelsi dorogix inomarok massovo otzivayut svoi zayavki na stikeri-razresheniya
Vladelsi dorogix inomarok massovo otzivayut svoi zayavki na stikeri-razresheniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Stiker olmoqchi bo‘lgan nomuvofiq da’vogarlar nomi e’lon qilinishi aytilganidan so‘ng 9 mingga yaqin inomarka egalari o‘z arizasini qaytarib oldi.

TOShKENT, 2 apr - Sputnik. Stiker olmoqchi bo‘lgan qimmatbaho avtomobillar egalari yoppasiga o‘z arizalarini qaytarib olmoqda. Bu haqida adliya vaziri Ruslanbek Davletov "O‘zbekiston 24" telekanalida xabar qildi.

Ma’lumki 30-martdan boshlab Toshkent va boshqa viloyat markazlarida shaxsiy transport harakatlanishiga cheklov qo‘yilgan. Faqat oziq-ovqat mahsulotlari tashuvchi, kuryerlik xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar  avtomobillari maxsus ruxsatnoma-stiker olgan holda harakatlanishlari mumkin.

Biroz oldin Davlat xizmatlari agentligi shu kunlarda noqonuniy yo‘l bilan ruxsatnoma olishga harakat qilayotgan shaxslarga jiddiy ogohlantirish bilan chiqdi. Agentlik, xususan, qalbaki hujjatlar asosida noqonuniy ravishda ana shunday ruxsatnomaga ega bo‘lishga harakat qilayotgan qimmatbaho inomarkalar eagalari nomlarini ochiqlashini e’lon qilgan edi.

“Maxsus ruxsatnomalarga asossiz ravishda ega bo‘lishga harakat qilish holatlari aniqlanganda, bunday shaxslarga doir ma’lumotlar jamoatchilikka ochiq yetkaziladi... Zamonamiz “qahramoni” bo‘lishdan o‘zingizni asrang!”, - deyilgan Agentlik xabarida.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov aytishiga ko‘ra, ushbu murojaat e’lon qilinganidan so‘ng 8900 nafar “imtiyoz ishqibozlari” stiker uchun topshirgan arizalarini qaytarib olgan.

Davlat Xizmatlari agentligi ma’lumoiga ko‘ra, ayni damda Respublika miqyosida 130 mingg yaqin ariza qabul qilingan bo‘lib, ulardan 69 196tasi ko‘rib chiqilgan. Ko‘rib chiqilgan arizalardan 15693 tasi muvofiq deb topilib ularga ruxsatnoma berilgan. Qolgan 53 503ta ariza – belgilangan talablarga javob bermaydi deb topilgan va rad javobi berilgan.

© Pravovaya informatsiyaStiker dayushiy razreshenie na peredvijenie avtomobilya vo vremya karantina
Stiker olmoqchi bo‘lgan inomarka egalari yoppasiga arizasini qaytarib oldi - Sputnik O‘zbekiston
Stiker dayushiy razreshenie na peredvijenie avtomobilya vo vremya karantina
Yangiliklar lentasi
0