Epidemiya qachon yo‘q bo‘ladi – Nurmat Otabekov taxmini

© Ministerstvo zdravooxraneniya respubliki UzbekistanGlavniy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov
Glavniy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Butun dunyoni xavotirga solayotgan epidemiya qachon yo‘q bo‘lishi borasida mutaxassislarning taxminlari turlicha.

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Unda Otabekov epidemiya qachon yo‘q bo‘lishi borasida fikr bildirdi.

“Mutaxassislarning taxminlari turlicha. Masala shundaki, bu ilgari ma’lum bo‘lmagan, yangi infeksiya. Koronavirusni 2002-yilda pnevmoniya epidemiyasini keltirib chiqargan og‘ir respirator sindromi (SARS) bilan taqqoslaganda, bunda xavf bir necha oy davom etishi bilan farqlanadi. Holbuki SARS ham koronavirus hisoblanadi, faqat boshqa turi”, - dedi u.

Qayd etish joizki, Xitoyning yetakchi epidemiologi Chjun Nanshan yangi koronavirus pandemiyasi aprel oyi oxiriga borib pasaya boshlashini taxmin qilmoqda. Amerikalik virusolog, koronavirus infeksiyalari bo‘yicha mutaxassis Charlz Kelisherning ta’kidlashicha, samarali vaksina paydo bo‘lmaguncha, vaziyat ko‘p oy davom etishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0