Dunyoda

Olimlar koronavirusni davolashning yangi usulini topishdi

© AP PhotoIzobrajeniye koronavirusa SARS-CoV-2(oboznachen jeltыm tsvetom), kotorыy porajayet kletki cheloveka
Izobrajeniye koronavirusa SARS-CoV-2(oboznachen jeltыm tsvetom), kotorыy porajayet kletki cheloveka - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tadqiqotchilar ogʻmaxonlarga SARS-COV-2ni kiritishgan, keyin esa organizmlarida antitela hosil boʻlib tuzalib ketganlarini saralab olishgan.

TOSHKENT, 1 apr — Sputnik. Koronavirus bilan kasallangan yangi bemorni davolashda ushbu xastalikni boshdan kechirganlarning qonini quyish yordam berishi mumkin, deya yozadi South China Morning Post Gonkong universiteti maʼlumotlariga tayangan holda.

Mutaxassislar ACE2 oqsillari odamnikiga oʻxshash boʻlgan Suriya oltinrang  ogʻmaxoni ustida tadqiqot oʻtkazishgan. Olimlarning maʼlumotlariga koʻra, koronavirus aynan oʻsha oqsil orqali organizmga kiradi.

Test-sistemы dlya diagnostiki novogo koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
OAV: olimlar koronavirusni yoʻq qilish usulini topishdi

Tadqiqotchilar ogʻmaxonlarga SARS-COV-2ni kiritishgan, keyin esa organizmlarida antitela hosil boʻlib tuzalib ketganlarini saralab olishgan. Kasallikdan forigʻ boʻlganlar qoni asosida em dori (sыvorotka) tayyorlangan. Tayyorlangan dorini sogʻlom ogʻmaxonlarga quyishgan va ularga koronavirus yuqtirishgan.

Maʼlum boʻlishicha, oʻsha dorini qabul qilganlarning organizmga virus yuklamasi oʻn marta kamroq boʻlgan. Olimlarning fikriga koʻra, bunday usul odamlarning ham davolanish jarayonini yengillashtiradi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiyaning “Skolkovo” innovatsion markazi olimlari sovuq plazma bilan ishlangan suv bakteriyalar, zamburugʻlar va viruslarga, shu jumladan SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi samarali kurashishini aniqlashgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0