Farg‘onada ommani hokimiyat vakilining talabini bajarmaslikka chorlagan ayolga chora ko‘rildi

© Sputnik / Pavel LisisinNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘ona shahrida karantin qoidasini buzib, ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatgan ayolga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Farg‘ona shahrida qoidabuzar ayolga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona shahrida yashovchi X.M. 29-mart kuni shahardagi dehqon bozorida karantin qoidalariga rioya qilmasdan, jamoat joylarida niqob taqmagan.

Messendjer Telegram na ekrane telefona - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘qonda COVID-19 haqida yolg‘on xabar tarqatgan deputatga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Bundan tashqari bozorda baqir-chaqir qilib, o‘z vazifasini bajarib, kartoshka sotilayotgan joyda fuqarolarga tushuntirish berayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat burchlarini bajarishga qarshilik qilgan.

So‘ngra ularni talablarini bajarmaslikka omma oldida da’vat qilib, ommaviy tartibsizlik keltirib chiqarishga harakat qilgan. 

Sud X.M.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida kodeksning 54 va 195-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganda aybdor topdi va besh sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

Yangiliklar lentasi
0