TOSHKENT, 31 mar — Sputnik. Duma deputati Rossiya sobiq bosh shifokori Gennadiy Oniщenko amerikalik epidemiologlarning “BCG vaktsinasi koronavirusdan himoya qiladi” degan xulosasini fikriga qoʻshilmaydi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Bu gaplar oʻylab chiqarilgan, uydirma. Men oʻtgan qisqa davr ichida kimdir ushb mavzuda ilmiy tekshirish oʻtkazib, buning tasdigʻini topganiga ishonmayman. Men bu yerda hech qanday bogʻliqlik koʻrmayapman”, - dedi Oniщenko.
Biroz oldin amerikalik olimlar koronavirus bilan kasallangan davlatlar statistik maʼlumotlarini tahlil qilib, koronavirus bilan kasallanish tezligi va oʻlimlar soni ushbu mamlakatda tuberkulyozga qarshi BCG vaktsinasi naqadar ommaviyligiga bogʻliq, degan xulosani eʼlon qilishgan edi.
Xususan, ular BCG vaktsinasi ommaviy va majburiy boʻlmagan Italiya va Niderlandda koronavirusdan oʻlim holatlari koʻp boʻlgani, hamda yuqoridagi vaktsina majburiy boʻlgan Braziliyada kasallik tarqalish tezligi va oʻlimlar soni dunyodagi oʻrtacha koʻrsatgichlarga nisbatan kam boʻlganini taʼkidlashgan edi.
COVID-19 pandemiyasi bugungi kunda dunyoning 180 mamlakatida 750 mingdar ortiq kishidaqayd etilgan. 36 mingdan ortiq odam vafot etgan. Rossiyada ayni damda 2337 nafar kasallanganlar qayd etilgan, ulardan 1613 nafari Moskvada. Bir necha hududlarda oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish tartibi amal qilmoqda.