Qo‘shni davlatdan o‘qishlarni ko‘chirish yozda davom etadi - vazirlik

© SputnikStudenti fakulteta russkoy filologii SamGU
Studenti fakulteta russkoy filologii SamGU - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli talabalarning o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha murojaatlari qanday hal etilmoqda?

TOShKENT, 31 mar - Sputnik. Ayni damda Rossiya Federatsiyasida tibbiyot yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar to‘planib, o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirmoqchi ekanliklarini yuzasidan hukumatga murojaat qilishmoqda. 

“Men Rossiya Federatsiyasida tibbiyot ta’lim yo‘nalishida o‘qiyman. Xabarimiz bor, 16-martdan O‘zbekistonda karantin e’lon qilindi. Bu yerdagi o‘zbekistonlik talabalar bilan murojaat qilishga qaror qildik. Hozir bu yerda ham kasallar bor. Biz o‘qishimizni O‘zbekistonga ko‘chirmoqchimiz. Shunga yordam berishingizni so‘raymiz!” – deyiladi talabalar murojaatida.

Shuningdek, ushbu masalada Qozog‘istondagi Muxtor Avezov nomidagi universitet talabasi ham murojaat qilib, o‘qishni ko‘chirishda hukumatdan amaliy yordam so‘ragan.

Murojaat yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqovning ma’lum qilishicha, qo‘shni davlatlardan o‘qishlarni ko‘chirish uchun 7-fevraldan 15-martgacha hujjatlar qabul qilingan.

Shuningdek, o‘qishlarni ko‘chirish bo‘yicha komissiya iyul oyining 15 sanasidan yana o‘z faoliyatini boshlaydi. O‘sha vaqtda fuqarolar yana ushbu masalada arizalar topshirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ichida o‘qishlarni ko‘chirish haqidagi savolga vazirlik "karantin tugaganidan keyin ushbu jarayonlar davom ettirilishini xabar qilgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0