Sportchilar karantinni qanday o‘tkazmoqda - video

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik spotchilar karantida ham jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishdan to‘xtamayapti - kimdir shtanga o‘rnida yaqin kishisidan foydalanmoqda, kimdir rezina arqonni ustun atrofidan aylantirib shug‘ullanmoqda, yana birov turli buyumlardan gantel o‘rnida foydalanmoqda. 

Umummiy o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish vaqtida sportchilar o‘zlarini kerakli jismoniy formada saqlab turishlari kerak. Sport zallari va stadionlar yopiq, avtomobilda yurish ta’qiqlangan bo‘lsada, ular o‘z uylari va hovlilarida sport bilan muntazam shug‘ullanishda davom etishmoqda.  

O‘zbekiston sport vazirligi fleshmob  e’lon qildi, unda sportchilar o‘z uylarida qanday shug‘ullanayotgani aks etgan videolavhalar jamlangan. Uy ichida sport bilan shug‘ullanish uchun bir qator cheklovlar bo‘lsa-da, sportchilar baribir shug‘ullanish uslublarini topishmoqda.

Kimdir shtanga o‘rnida yaqin kishisidan foydalanmoqda, kimdir rezina arqonni daraxt atrofidan aylantirib shug‘ullanmoqda, yana birov turli buyumlardan gantel o‘rnida foydalanmoqda, asosiysi karantinda ham shug‘ullanishdan to‘xtamaslik! 

O‘zbek sportchilaridan salom yo‘llangan videolavhamizni tomosha qiling. 

 

Yangiliklar lentasi
0