Senatorlar Toshkent bozorlaridagi narxlarni tekshirishdi

© Sputnik / /StringerTorgovie radi na Alayskom rinke v Tashkente
Torgovie radi na Alayskom rinke v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlardagi narxlar oshirilayotgani bilan bog‘liq xabarlarning haqiqatga yaqinligini tekshirish maqsadida Senatorlar dehqon bozorlarida bo‘lishdi.

TOShKENT, 30 mar - Sputnik. Senatorlar poytaxtdagi yirik dehqon bozorlarida bo‘lishib, narx-navo hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasini tekshirdi.  Bu haqda Oliy Majlisi Senati axborot xizmati ma’lum qilmoqda

30 mart kuni Oliy Majlis Senati a’zolaridan iborat Ishchi guruh poytaxtning Mirobod, Yunusobod va Oloy dehqon bozorlarini ko‘zdan kechirishgan. Bozorlardagi narx-navolar esa ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarning asossiz ekanligini tasdiqlagan,- deyilgan xabarda.

Qolaversa, dehqon bozorlari ma’muriyatlari tomonidan xaridorlar orasida masofa saqlanishi, odamlarning bir-biriga yaqin turmasligiga e’tibor berilib, ijtimoiy masofa borasida tushuntirish olib borilmoqda, tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati tomonidan dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Bozorlarning kirish qismida esa xaridorlar uchun  mazkur o‘rnatilgan maxsus dezinfeksiya uskunalari o‘rnatilgan. 

 

Yangiliklar lentasi
0