O‘zbekistonda valyuta ayirboshlash shaxobchalari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishDollar rastet, yevro upal – novie kursi valyut v Uzbekistane
Dollar rastet, yevro upal – novie kursi valyut v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, barcha mijozlarni banklarning masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimlariga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

TOShKENT, 31 mar - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan karantin rejimida barcha kassalar, valyuta ayirboshlash shaxobchalari faoliyatini vaqtincha to‘xtatish qarori belgilandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev obratilsya k narodu  v svazi s situatsiyey vokrug koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev pandemiya vaqtida kam ta’minlanganlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berdi

Bu haqda O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Bosh direktorining Axborot siyosati masalalari bo‘yicha - matbuot kotibi Jamoliddin Xodjaxanovning rasmiy kanalida xabar berilgan.

"30 martdan boshlab bank binosidan tashqarida joylashgan bankning kassalari, valyuta ayirboshlash shaxobchalari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Bundan fuqarolarga kechiktirib bo‘lmaydigan xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar hamda bojxona chegara hududida joylashgan bank infratuzilmasi hamda aholiga pensiya va nafaqa tarqatish maqsadida tashkil etilgan sayyor kassalar mustasno", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, barcha mijozlarni banklarning masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimlariga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0