Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston parlamenti ishchi guruhi YeOII bilan hamkorlik masalasini o‘rganishga kirishdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishFlagi YeAES
Flagi YeAES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Quyi palatadagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari vakillaridan iborat ishchi guruh YeOII bilan hamkorlik masalasini o‘rganishni boshladi.

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruhi o‘z ishini boshladi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ishchi guruh rahbari Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidovning ma’lum qilishicha, Vazirlar mahkamasiga ham bir qator vazifalar yuklangan.

Ministr po integratsii i makroekonomike Yevraziyskoy ekonomicheskoy komissii  Glazyev - Sputnik O‘zbekiston
Glazyev: YeOII O‘zbekistondan konkret tashabbuslarni kutib qoladi

“Hukumat oldiga aniq vazifalar qo‘yildi. Chunonchi, Ishchi guruhini O‘zbekistoning YeOII bilan hamkorlik masalasiga taalluqli barcha axborot-tahliliy ma’lumotlar bilan ta’minlashi, zaruratdan kelib chiqib, fraksiyalar hamda qo‘mitalarning ushbu masala yuzasidan o‘tkaziladigan majlislarida mutasaddi vazirlik va idoralar vakillarining ishtirokini kafolatlashi belgilandi. Shu bilan birga, keng jamoatchilikning fikrini o‘rganish va ularning xohish-irodasiga tayangan holda O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorligi masalasi yuzasidan fuqarolar hamda biznes hamjiyati o‘rtasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazish, uning yakunlari yuzasidan tahliliy ma’lumotlarni taqdim etish nazarda tutildi”, - dedi u.

Saidovning ta’kidlashicha, ish rejasida iqtisodiy integratsiya masalasida mamlakat iqtisodiyotining yirik tarmoqlarini o‘rganish, ushbu masala bo‘yicha yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, xorijiy va mahalliy mutaxassislarning takliflari hamda xulosalarini olishga keng e’tibor qaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq quyi palatadagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilib, uning asosiy vazifalari belgilangani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0