TOShKENT, 30 mar - Sputnik. Rossiyada Rossiya Fanlar akademiyasi mutaxassislari ishtirokida yangi koronavirus keltirib chiqargan COVID-19 kasalligini davolashda ishlatilishi mumkin bo‘lgan uchta preparat ishlab chiqildi, deb xabar berdi Rossiya Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti va bio-tibbiy fanlar bo‘limining rahbari, akademik Vladimir Chexonin.
Avvalroq, Federal Biotibbiy agentligi malyariyaga (bezgakga) qarshi mefloxin dorisiga asoslangan yana bir preparat taqdim etgan edi. Chexonin bir necha yil oldin Rossiya Fanlar akademiyasining Organik sintez institutining Postov Ural filiali antivirus triazavirin dorisini yaratilganini eslatdi, bu dori xitoylik mutaxassislarni koronavirus infeksiyasini davolashda ishlatish mumkinligi masalasida qiziqtirmoqda.
"Ammo bugungi kunda ushbu dori vositasining faqatgina respirator virusli infeksiyasini davolash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan maxsus ingalyatsion shakli tayyor. Ishonchim komilki, bu COVID-19 infeksiyasini davolash uchun yanada maqbul bo‘ladi. Va hozirgi sharoitda bu kabi variant juda muhimdir", - dedi Chexonin va ushbu dori endilikda ixtisoslashtirilgan muassasalarda sinovlarga yuborilishiga tayyorligini qo‘shib.
Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, Organik sintez instituti Moskvadagi Zelinskiy nomidagi Organik kimyo instituti bilan birgalikda Yaponiyada ilgari RNK viruslari(xozirgisi aynan shundaylar guruhiga kiradi) deb ataladigan infeksiyalarni davolash uchun ishlab chiqarilgan favipiravir antivirus dori vositasi uchun Rossiya farmatsevtika sanoatining talablariga javob beradigan "juda samarali" sintez sxemasini yaratdilar. Rossiya Fanlar akademiyasi vitse-prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u ham sinovlarga o‘tishga tayyor.
Boshqa bir dori, fortepren, ilgari Gamalei nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya markazida, Organik kimyo instituti bilan hamkorlikda hayvonlarda koronavirus infeksiyalarini davolashda ishlatiladigan fosprenil preparatiga asoslangan holda yaratilgan.
"U klinik sinovlarning barcha bosqichlarini bosib o‘tdi, ya’ni hatto odamlarda ham sinovdan o‘tkazilgan. Fortepren ro‘yxatdan o‘tish bosqichidadir, shundan keyingina COVID-19ga qarshi uning faolligini tekshirish uchun sinovga topshirilishi mumkin", - dedi agentlik suhbatdoshi.
Chexoninning so‘zlariga ko‘ra, ushbu uchchala preparat "bizning Sog‘liqni saqlash vazirligimizda qiziqish uyg‘otdi va bugungi kunda Fanlar akademiyasi va Ta’lim va fan vazirligining kimoviy "bo‘limlari" faoliyatida ustuvor vazifaga aylandi.
Bundan tashqari, Rossiya Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti ta’kidlaganidek, Rossiyada Fanlar akademiyasi mutaxassislari ishtirokida yangi infeksiyaga qarshi uchta vaksina ishlab chiqilmoqda. Novosibirskdagi "Vektor" ilmiy markazidan tashqari, MDU biologiya fakulteti negizida, Shemakin va Ovchinnikov nomidagi bioorganik kimyo institutida, shuningdek Vavilov nomidagi Umumiy genetika institutida ishlar olib borilmoqda.
11 mart kuni Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 kasalligini keltirib chiqaradigan yangi koronavirus infeksiyasi avj olishini pandemiya deb e’lon qildi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 634 mingdan ortiq yuqtirish holatlari qayd etilgan, qariyb 30 ming kishi vafot etdi. Rossiyada COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarning umumiy soni 1534 ga yetdi (ularning 1014 tasi Moskvada), 64 tasi tuzalib, sakkiz nafari esa vafot etgan.
Uzbekiston Respublikasi hududida bugungi kunga kasallanganlar soni 149 kishini tashkil etadi. 2 kishi vafot etdi.
Rossiya, O‘zbekiston va dunyodagi COVID-19 bilan bog‘liq so‘nggi ma’lumotlar stopkoronavirus.rf va coronavirus.uz portallarida keltirilgan.