Mayk Tayson uning yo‘lbarsi ayolga tashlangani haqida so‘zlab berdi – foto

© DON EMMERT / AFP Bokser Mayk Tayson
Bokser Mayk Tayson - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Mayk Tayson uning yo‘lbarsi ayolga hujum qilgani va buning oqibatida ayolning qo‘lini uzib tashlagani haqida so‘zlab berdi.

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Mayk Tayson uning yo‘lbarsi ayolga hujum qilgani haqida so‘zlab berdi.

Tayson qamoqdan chiqqandan keyin uch bosh Bengal yo‘lbarsini boqishni boshladi. Yirtqichlar bokschining hovli uyida saqlangan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Mike Tyson (@miketyson)

“Kimdir devordan oshib tushib, yo‘lbars (Keniya laqabli) bilan o‘ynashni boshladi. Jonivor bu ayolni bilmagan va u bilan o‘ynashni boshladi, bu mudxish baxtsiz hodisa bo‘ldi. Keyinchalik buning uchun meni sudga berishga harakat qilishdi. Ayol hududga noqonuniy kirdi. Men uning qo‘lini ko‘rganimdan so‘ng unga 250 ming dollar berdim. Men yo‘lbarslar bunday ish qilishi mumkinligi haqida tasavvur qilmagandim”, - degan sportchi so‘zlarini keltiradi AS nashri.

“Men ahmoq edim, bunday yovvoyi mushuklarni qo‘lga o‘rgatish mumkin emasligini tushunmaganman. Ular o‘yin vaqtida tasodifan sizni o‘ldirib qo‘yishi mumkin. Yo‘lbarslar juda kuchli”, - deb qo‘shimcha qildi Tayson.

Yangiliklar lentasi
0