Elchixona firibgarlikning yangi turi haqida ogohlantirdi

© Posolstvo respubliki Uzbekistan v RFGrajdane respubliki Uzbekistan v aeroportu Vnukovo
Grajdane respubliki Uzbekistan v aeroportu Vnukovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada ijtimoiy tarmoqlar orqali O‘zbekiston elchixonasi xodimlari nomidan charter parvoz uchun aviabilet sotishga urinayotgan firibgarlar paydo bo‘ldi.

TOShKENT, 30 mar - Sputnik. O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi shu kunlarda internetda avj olayotgan firibgarlikning yangi turi haqida ogohlantirdi.

So‘nggi kunlarda O‘zbekistonning Moskvadagi Elchixonasi xodimlari sifatida respublikamizga charter reyslari uchun aviachiptalarni sotib olishni taklif qilayotgan firibgarlar soni keskin ortdi. Ular to‘lovni oldindan va faqat bank kartasida amalga oshirilishi talab qilmoqdalar.

Shuni e’tiborga olish kerakki, Elchixonasi aviabiletlar sotish bilan shug‘ullanmaydi va xodimlarimiz hech qachon kartaga pul o‘tkazish talab qilinmaydi. Bu kabi firibgarlar bergan e’lonlarni va ularning takliflarini e’tiborsiz qoldiring.

Barcha charter va/yoki boshqa reyslarga aviachiptalarni faqat Uznekistan airways AJ rasmiy agentlaridan sotib olish lozim, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 30martdan 20-aprelga qadar koronavirus infeksiyasi tarqalishi oldini olish maqsadida O‘zbekiston va Rossiya barcha transport aloqalari to‘xtatilgan. 

Yangiliklar lentasi
0