TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekistonda favqulodda holat joriy etilgani haqidagi xabar yuzasidan munosabat bildirdi.
“O‘zbekistonda favqulodda holat joriy etilgani haqidagi mish-mishlar yaqqol bo‘rttirilgan. Bunday hujjat tayyorlash haqida tarqatilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, - deyilgan xabarda.
Komissiya yolg‘on axborot tarqatganlik uchun qonunchilikda qat’iy jazolar nazarda tutilganini eslatib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 29-mart holatiga ko‘ra 133 kishini tashkil etmoqda. 7 nafar bemor ushbu infeksiyani yengishga muvaffaq bo‘ldi. Mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 30-martdan faqat maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtomobilda harakatlanishga ruxsat beriladi. Shaxsiy manfaat yo‘lida mashinadan foydalanish qat’iyan man etiladi.