Maxsus ruxsatnomasiz mashina boshqargan haydovchiga qanday chora ko‘riladi?

© Upravlenie bezopasnosti dorojnogo dvijeniya GUVD g. TashkentaSotrudniki GUVD osushestvlyayut proverku dokumentov
Sotrudniki GUVD osushestvlyayut proverku dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 30-martdan shaxsiy manfaat yo‘lida avtomobildan foydalanish qat’iyan man etilmoqda. Mashina boshqarish uchun DXMdan maxsus ruxsatnoma olish kerak.

TOShKENT, 29 mar — Sputnik.  IIV shaxsiy avtomobilni boshqarish taqiqlangani bilan bog‘liq tartibni buzganlik uchun javobgarlikni ma’lum qildi.

Ushbu qoidabuzarlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyaga qarshi kurashish qoidalarini buzish) bilan jazo belgilangan.

... fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigacha (4 mln 460 ming so‘mdan 6 mln 690 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa —30 baravaridan 50 baravarigacha (6 mln 690 ming so‘mdan 11 mln 150 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bugun, 29-martdan boshlab soat 15.00 da maxsus ruxsatnomani olish uchun arizani elektron tarzda my.gov.uz portali orqali  topshirish mumkin bo‘ladi.

Avtomobilda harakatlanish uchun maxsus ruxsatnomani qayerdan olsa bo‘ladi – ro‘yxat

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 30-mart Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat beriladi. Shaxsiy manfaat yo‘lida mashinadan foydalanish qat’iyan man etiladi.

Yangiliklar lentasi
0