Alibaba Group asoschisi fondi O‘zbekistonga COVID-19ga qarshi kurashishda yordam beradi

© © Sputnik / Vladimir AstapkovichKitayskiy milliarder Djek Ma
Kitayskiy milliarder Djek Ma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fond 7 ta mamlakatga jami 1,7 million dona niqob, 165 ming dona COVID-19ni aniqlovchi test, himoya kiyimlari va zaruriy tibbiy asbob-uskunalar yuboradi.

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Xitoylik milliarder, Alibaba Group asoschisi Jek Ma va uning xayriya fondi 7 ta mamlakatga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda yordam beradi. Bu haqda Reuter agentligi xabar qildi.

Ro‘yxatga quyidagi mamlakatlar kiritilgan: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Hindiston, Vyetnam va Butan.

Vlasti OAE postavili v Uzbekistan bolee vosmi tonn gumanitarnoy pomoshi iz meditsinskix sredstv zashiti - Sputnik O‘zbekiston
BAA O‘zbekistonga 8 tonnalik insonparvarlik yordamini jo‘natdi

Ushbu mamlakatlarga jami 1,7 million dona niqob, 165 ming dona COVID-19ni aniqlovchi test, himoya kiyimlari va zaruriy tibbiy asbob-uskunalar yuboriladi.

Fond bunga qadar Xitoy, Rossiya, Janubiy-Sharqiy Osiyo, YeI va Afrika mamlakatlariga koronavirusga qarshi kurashishda yordam qo‘lini cho‘zgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari hukumati O‘zbekistonga 8 tonnalik insonparvarlik yordamini jo‘natgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0