Koronavirusdan ikki million ukrainaliklar o‘ladi - shifokor

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishLyudi v kostumax chumnix doktorov na ulitse Lvova
Lyudi v kostumax chumnix doktorov na ulitse Lvova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shifokorning aytishicha, Xitoyda bir yarim ming nafar aholiga bitta epidemiolog xizmat ko‘rsatsa, Ukrainada bitta epidemiolog 150 ming fuqaro bilan ishlaydi. Bu esa katta yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Ukrainada koronavirusga chalinganlar soni "rasmiy statistik ma’lumotlarda keltirilayotgan raqamlardan" o‘nlab, hattoki yuzlab marotaba ko‘pdir. Bu haqda "Obozrevatel" nashriga bergan intervyusida mamlakatning sobiq sanitar vrachi Svatoslav Protas aytgan.

Tabletki - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni davolashda tavsiya etilgan dorilar ro‘yxati e’lon qilindi - Rossiya SSV

"Virus geometrik tarzda ko‘paymoqda <…> Yuqish darajasi faqat qizamiq va o‘pka vabosida yuqoriroq - inson 10 kishi bilan aloqa qilgan bo‘lsa, shu 10 nafar inson ham bemorlanadi. Oddiy hayotda kishi 5-30 gacha insonlar bilan aloqada bo‘ladi, endi koronavirusga necha kishi chalinishi mumkinligini hisoblab chiqing", - deya izoh beradi shifokor.

U shuningdek, karantin tufayli infeksiya tarqalishi jarayoni qisqarganligini, ammo virusni yuqtirganlar soni aniqlanganlar hisobiga ko‘payishini ta’kidlab o‘tdi.

Tibbiyot tizimi va krematoriylar o‘limlar soni ortishiga tayyor bo‘lishi kerak.

Protas koronavirusga qarshi na spetsifik terapiya, na profilaktiga mavjudligini eslatib o‘tdi. Tabiiy immunitet shakllanishi uchun aholining kattagina qismi bemorlanishi kerak, odamlarning 30-70 foizi virusni yuqtirsagina kollektiv immunitet shakllanadi.

Na musulmanskom kladbishe v Dushanbe. - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusdan vafot etgan kishi qay tarzda dafn etiladi - Fatvo hay’ati

"Agar biz Ukrainadagi pik raqamlar haqida gapirsak, bu aholining 70% bo‘lishi mumkin. Absolyut raqamlarda esa — bu 20 mln dan ortiq kishini tashkil etadi", — deb qo‘shimcha qildi shifokor.

U Xitoyda bir yarim ming nafar aholi bilan bir nafar epidemiolog ishlashini, ukrainalik hamkasbi esa bu orada 150 ming nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatishga majbur bo‘layotgani haqida gapirdi.

O‘zbekiston shifokorlari koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda yordam bermoqchi >>>

"Bunday holatda mantiqan olib qaralganda, Ukraina Xitoyga nisbatan 100 barobar ko‘p og‘ir oqibatlarni boshdan kechirishi kerak. Agar 20 million nafar ukrainaliklar kasallanishi kerak bo‘lsa, u holda o‘limlar soni 2 millionni tashkil etadi. Men bu gapni odamlar orasida vahima uyg‘otish uchun emas, balki biz xatarlarni anglashimiz va mas’uliyatni his eta olishimiz uchun aytayapman" - deya xotima qildi shifokor.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni Xitoydan tarqalgan yangi turdagi COVID-19 koronavirusi epidemiyasini pandemiya, deb e’lon qildi. BSST taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha 510 mingdan ortiq kishi bemorlangan, o‘limlar soni 23,5 mingga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0