TOShKENT, 28 mar - Sputnik. 30 martdan O‘zbekistondagi mavjud barcha aeroportlar yopiladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan bir qator cheklovlar o‘rnatilib, muayan choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, 30-mart soat 00:01 dan 20-aprel 00:01 ga qadar O‘zbekistondagi mavjud barcha aeroportlar yopiladi va aviaqatnovlar butunlay to‘xtatiladi.
Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining bayoniga asosan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida 2020-yil 27-mart soat 10:00 dan boshlab viloyatlararo harakatlanish barcha transport vositalari (yengil avtotransport, avtobus, avia va temir yo‘l) uchun to‘xtatilgan edi. Bunda yuk tashuvchi transport vositalari bundan mustasnoligi belgilangan.