Karantinda xodimlarga oylik maoshlari qay tartibda yetkazilmoqda?

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishBankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard
Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mamlakatdagi epidemik vaziyat tufayli aholiga deyarli barcha xizmatlar onlayn shaklda yetkazib berilmoqda. Davlat tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar maoshlarini qay tartibda olishmoqda? 

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Karantin vaqtida davlat tashkilotida ishlayotgan xodimlarga ish haqlarining yetkazilishi qay tartibda amalga oshirilmoqda?oylik mashlar qanday yetkazib berilmoqda? Sputnik muxbiri ushbu savol bilan Moliya vazirligiga murojaat qildi. 

Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston
Pensiya pullari aholi uylariga yetkazib berilmoqda

Moliya vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, davlat tashkilotlarida ishlayotgan xodimlarning maoshlari avtomatik tarzda ularning plastik kartochkalariga tushirib berilmoqda.

Nodavlat tashkilotlar xususiy bo‘lganligi uchun, ushbu tashkilotlarda ishlovchi xodimlar va rahbarlar o‘rtasidagi kelishuv, tuzilgan mehnat shartnomasiga  asosan ish haqlari naqd yoki kartochka orqali to‘lab beriladi.  

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin pensiyalarning respublikaning barcha hududlaridagi aholi manzillariga yetkazib berilayotgani haqida xabar bergan edik. Ya’ni 18-martdan boshlab, pensiya to‘lovlari avvalgidek mahalla fuqarolari yig‘ini idoralarida emas, fuqarolarning uylariga borib tarqatilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0