TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Italiyada koronavirus epidemiyasi boshlanishi vaqtida ushbu mamlakat hukumati katta xatoga yo‘l qo‘ygan, deb hisoblaydi Rossiya Epidemiologiya ilmiy markazi xodimi Nikolay Malishev. RIA Novosti xabariga asosan.
“Epidemiya boshida barcha kasalxona to‘shaklarini kasallik yengil kechayotgan bemorlar bilan to‘ldirib tashlangan. Oqibatda og‘ir kasallarga o‘rin yetmay qolgan”, - dedi Malishev.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Italiyada koronavirusga chalinganlar soni 64 mingdan, qurbonlar soni 6500 dan oshib ketgan. Vafot etganlarning aksariyati katta yoshdagi fuqarolar ekanligi xabar qilingan.
Epidemiolog aytishiga qaraganda, Rossiyada xavfli guruhga kirmaydigan va kasallik yengil kechayotgan bemorlar uydi davolanmoqda. Shiforkorlar brigadalari bemorlarni uyida ko‘zdan kechirishi, ular bilan telefon orqali yoki onlayn muloqotda bo‘lib tavsiyalar berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus odamlarga yoshiga va sog‘liq holatiga qarab turlicha ta’sir qiladi. Xususan yosh bolalar va o‘smirlarda koronavirus yengil kechadi. Surunkali kasalliklar, infarkt va insultga chalingan, qandli diabet va o‘pka pnevmoniyasi bor hamda yoshi 65dan oshgan kasallar uchun ushbu virus juda xavfli hisoblanadi.