Dunyoda

BSST koronavirus bilan bemorlanganlar sonini ochiqladi

© Sputnik / Mediabankka oʻtishSituatsiya v Kazaxstane v svyazi s koronavirusom
Situatsiya v Kazaxstane v svyazi s koronavirusom - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bayonotiga koʻra, bugungi kunda koronavirusga chalingan bemorlar soni 500 mingdan oshib ketgan

TOSHKENT, 27 mar - Sputnik. Yangi turdagi koronavirus bilan bemorlangan kishilar soni dunyo boʻyicha 500 mingdan oshib ketdi, deyiladi Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bayonotida.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, jahonda 509 164 kishi ushbu virusni yuqtirgan. Oʻlimlar soni 23 mingdan oshgan.

Koronavirus jami 201 mamlakatda qayd etilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni bugun 88 nafarga yetdi.

Yangiliklar lentasi
0