Yuqumli kasallik haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishMessendjer Telegram mojet bit zablokirovan Roskomnadzorom
Messendjer Telegram mojet bit zablokirovan Roskomnadzorom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yuqumli kasalliklar haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish 44,6 mln so‘m jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Karantin vaqtida yuqumli kasalliklar haqida yolg‘on va asoslanmagan ma’lumotlarni tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.

Shavkat Mirziyoyev imzolangan O‘RQ–613 sonli qonuniga muvofiq, Jinoyat kodeksi 244-5-modda bilan to‘ldirildi.

Nadpis Karantin - Sputnik O‘zbekiston
Endi 10-yilgacha: karantin qoidasini buzganlik uchun jazo kuchaytirildi

Unga ko‘ra, karantin davrida inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish  BHMning 200 baravarigacha (44 mln 600 ming so‘m)  jarima jazosiga tortishga, 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari va 2-yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolashga sabab bo‘ladi.

Mazkur ma’lumotlarni nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirish yoki OAV, shuningdek Internet orqali tarqatish 44 mln 600 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima tortilishiga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, ushbu harakatlarni sodir etgan shaxs 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 2-yildan 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari, 3-yilgacha ozodlikni cheklash va 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.

Yangiliklar lentasi
0