TOShKENT, 26 mar – Sputnik. Rossiyaning Su-27 samolyoti, 25-mart kuni kechqurun Qora dengizga qulab tushdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Mudofaa vazirligiga asosan.
Reja bo‘yicha odatiy parvozini amalga oshirayotgan Su-27 harbiy havo kemasi Feodosiya shahridan 50km masofada avariya signalini berishni boshlagan va shundan so‘ng aloqa yo‘qolgan.
Ayni damda uchuvchini qutqarish bo‘yicha operatsiya olib borilmoqda. Unda An-26 samolyoti, Mi-8 vertoloti hamda voqea joyiga yaqin joyda bo‘lgan harbiy va fuqaro kemalari ishtirok etishmoqda, deyilgan xabarda.
Su-27 — ko‘p maqsadli, har xil havo sharoitida uchishga moslashgan yuqori manyovrli qiruvchi samolyotdir. U uzoq va yaqin masofalarda jang olib borishi mumkin.