Senat karantin qoidalariga rioya etmaslik uchun jazo choralarini kuchaytirishga qaratilgan qonun ma’qulladi. Endi karantin qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy jarima miqdori fuqarolar uchun — 6 690 000 so‘mgacha, mansabdor shaxslar uchun — 11 150 000 so‘mgacha oshirildi.
Qayd etilishicha, jinoiy jazo ham kuchaytirilib, 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.