O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 59 nafarga yetdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMashina skoroy pomoshi zayezjayet na territoriyu bolnichnogo kompleksa
Mashina skoroy pomoshi zayezjayet na territoriyu bolnichnogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 59 nafarni tashkil etmoqda.

TOShKENT, 25 mar - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 59 nafarga yetdi, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Xabarda aytilishicha, ushbu infeksiya xorijda bo‘lib qaytgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan yana uch nafar fuqaroda aniqlangan.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi koronavirus infeksiyasi COVID -19 tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu virusni dunyo bo‘yicha 350 mingdan ortiq odam yuqtirgan, 16 mingdan ko‘prog‘i vafot etgan. Rossiyada koronavirusni yuqtirganlik bo‘yicha 658 holat aniqlangan. 29 kishi sog‘aygan, ikki nafari vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0