TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Buxoro viloyatida 24-mart kuni Rossiyadan 614-sonli reys bilan Moskva-Buxoro yo‘nalishida uchgan aviareys qabul qilindi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda yozilishicha, samolyot bortida 266 nafar O‘zbekiston fuqarolari belgilangan tartib-qoidalar asosida kutib olingan.
Ular orasida Buxorodan tashqari, Toshkent shahri hamda viloyati, shuningdek, Xorazm, Samarqand, Surxondaryo, vodiy viloyatlaridan, qolaversa, Qoraqalpog‘iston respublikasidan fuqarolar bo‘lgan.
“Buxoro xalqaro aeroportida tegishli tartibda karantin meyorlariga muvofiq qarshi olingan yo‘lovchilar orasidan tana harorati yuqori bo‘lganligi sababli 4 nafar fuqaro viloyat Yuqumlik kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan”, - deyilgan xabarda.
Qolgan yo‘lovchilarning har biriga nisbatan tibbiy-profilaktik nuqtayi nazardan qattiq nazorat o‘rnatilgan.
O‘zbekiston fuqarolarini Moskvadan olib chiqish murakkablashgan – Rosaviatsiya
Eslatib o‘tamiz, hozirda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar 56 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlar orasida mamlakatning turli hududlaridan bo‘lgan fuqarolar bor. Bemorlarning 2 nafari Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.