Putin koronavirus bemorlari uchun maxsus qurilgan kasalxonaga keldi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin posetil bolnitsu v Kommunarke
Prezident RF V. Putin posetil bolnitsu v Kommunarke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Putin Moskva viloyatida koronavirusni davolash uchun maxsus qurilayotgan yuqumli kasalliklar shifoxonasini borib ko‘rdi.

TOShKENT, 24 mar - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva viloyati Kommunarka posolkasida joylashgan yuqumli kasalliklar uchun maxsus qurilayotgan yangi kasalxonaga keldi, deb xabar qildi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov. 

Bundan oldin Rossiya preziyednti Novo-Ogarovodagi rezidensiyasida koronavirusga qarshi kurashga bag‘ishlangan yig‘ilsh o‘tkazgan edi. Unda Moskva meri Sergey Sobanin bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova hamda sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkolar ishtirok etgan edi. 

Putin yig‘ilishda bugunni kunda koronavirusga qarshi ko‘rilayotgan choralar haqidagi hisobotlarni tinglagan va shundan so‘ng yangi qurilayotgan shifoxonani borib ko‘rishga qaror qilgan.

Yangi qurilayotgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi Moskvadan 50 km masofada joylashgan bo‘lib, 500 ta o‘ringa ega. Shundan 250tasi reanimatsion uskunalar va sun’iy nafas olish tizimi bilan jihozlangan. Shifoxona juda qisqa muddat ichida qurib bitkazilmoqda. Bu yerga COVID-19 bilan kasallanganlarni olib kelish boshlangan. 

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 495 kishiga yetgan. Shundan 300dan ortig‘i Moskvada qayd etilgan.

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin posetil bolnitsu v Kommunarke
Putin koronavirus bemorlari uchun maxsus qurilgan kasalxonaga keldi  - Sputnik O‘zbekiston
Prezident RF V. Putin posetil bolnitsu v Kommunarke

 

 

Yangiliklar lentasi
0