MDH mamlakatlari instituti Markaziy Osiyo bo‘limi boshlig‘i Andrey Grozinni fikricha, Afg‘onistonda jangovar harakatlar faollashuvi dovonlar ochilishi bilan bog‘liq bo‘lgan mavsumiy xarakterga ega.
Shu bois, rasmiy Dushanbe o‘z chegaralarini mustahkamlash bo‘yicha preventiv choralarni qabul qilishi lozim.
Amerikaliklarning Afg‘onistondagi harbiylar sonini qisqartirish yoki ularni to‘liq olib chiqish qarori, mintaqadagi geosiyosiy kartinani o‘zgartirmoqda. Holat kelgusida qay darajada o‘zgaradi, hech kim ayta olmaydi.
Ekspert fikricha, amerikaliklar toliblarni harbiy faollikni kamaytirishga ko‘ndira olish-olmasligidan qat’i nazar, vaziyat yomon tomonga o‘zgarishiga tayyor bo‘lish kerak.
Maxfiy tashrif - Mayk Pompeo Afg‘onistonga keldi >>>
Aniq monitoringni amalga oshirib, janubdan bo‘ladigan tahdidlarni qaytarish bo‘yicha ssenariylar ustida ishlash lozim.