O‘zbekistonda armiyaga chaqiruv vaqtincha qoldirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOfitseri uzbekskoy armii
Ofitseri uzbekskoy armii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus tufayli O‘zbekistonda armiyaga chaqiruv vaqtincha qoldirildi - O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi axboroti

TOShKENT, 23 mar - Sputnik. O‘zbekistonda armiyaga chaqiruv vaqtincha qoldirildi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri "Koronavirus info" telegram kanali xabariga tayangan holda.

Toshkentda nooziq-ovqat do‘konlari faoliyati to‘xtatiladi

Ta’kidlanishicha, ushbu choralar koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan.

Armiyaga chaqiruvning vaqtincha to‘xtatilishi, O‘zbekiston mudofaa qobiliyatini zaiflashtirmaydi, negaki, Qurolli kuchlar tarkibiga asosan shartnoma asosida xizmat qiluvchi harbiylar kiradi, deb ta’kidladi Mudofaa vazirligi vakili.

Ilgariroq, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash va koronavirus kasalligini respublika hududi bo‘ylab tarqalishini oldini olish maqsadida Toshkent shahriga respublikaning barcha hududlaridan kirish va Toshkent shahridan respublikaning barcha hududlariga chiqishni har qanday transport vositalarida (avtobus, avtomobil, avia, temir yo‘l) 2020-yilning 24-mart kuni soat 00:01 dan boshlab to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilgan edi.

Bunda, Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga Toshkent shahriga kirish uchun tatbiq etilmasligi belgilandi.

Shuningdek, Toshkent shahrida 24-martdan boshlab barcha buyum, avtomobil sotuvi va barcha savdo komplekslari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.

Dehqon bozorlari, supermarketlar, shifoxona va dorixonalar faoliyati avvalgi tartibda davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0