TOShKENT, 23 mar — Sputnik. 24-martdan boshlab Uzbekistan Airways ichki aviaqatnovlarni noma’lum muddatga bekor qiladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“2020 yil 24-martdan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi barcha respublika ichidagi aviaqatnovlarini noma’lum muddatga bekor qilishi haqida xabar beradi”, - deyilgan xabarda.
Aviakompaniya qatnovlar qayta tiklanganidan keyin aviachiptalarni istalgan sanaga qayta bron qilish imkoniyati mavjudligini eslatib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 24-mart kuni soat 00:01 dan boshlab har qanday transport vositalarida Toshkentga barcha hududlardan kirish va chiqish to‘xtatiladi.