Uzbekistan Airways Moskvada charter qatnovini kutayotganlarni firibgarlardan ogohlantirdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishUsilenie sanitarnogo kontrolya v aeroportu Vnukovo v svazi s koronavirusom
Usilenie sanitarnogo kontrolya v aeroportu Vnukovo v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, hozirda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi ushbu firibgarlar tuzog‘iga ilingan.

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Uzbekistan AirwaysMoskvada O‘zbekistonga bo‘lgan charter qatnovini kutayotgan yo‘lovchilarga murojaat qilib, aeroportlarda paydo bo‘lgan firibgarlardan ogohlantirdi.

“Ular fuqarolarimizning ishonchiga kirib, charter qatnoviga chipta sotish bilan bog‘liq masalalarni messenjerlar orqali hal qila olishini va’da bermoqda. Yo‘lovchilardan pasport ma’lumotlarini va chipta narxining 70% to‘lovni oldindan amalga oshirishni talab qiladi”, - deyilgan xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, hozirda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi ushbu firibgarlar tuzog‘iga ilingan.

© Uzbekistan AirwaysUzbekistan Airways Moskvada charter qatnovini kutayotganlarni firibgarlardan ogohlantirdi
Uzbekistan Airways Moskvada charter qatnovini kutayotganlarni firibgarlardan ogohlantirdi - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekistan Airways Moskvada charter qatnovini kutayotganlarni firibgarlardan ogohlantirdi

Kompaniya Toshkentga bo‘lgan charter qatnoviga chipta sotib olishni va’da qilgan shubhali shaxslar bilan aloqa qilishda ehtiyot bo‘lishni so‘rab qolgan.

Charterlar jadvali uzairways.com saytida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda https://t.me/koronavirusinfouz va https://t.me/uzbekmid telegram-kanallarida o‘z vaqtida e’lon qilinishi qo‘yshimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Vnukovo aeroportida qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga yordam bergani xabar qiligan edi. Vnukovo aeroporti rahbariyati tomonidan o‘zbekistonliklarning vaqtinchalik turishlari uchun “B” terminali ajratilgan. Ushbu qism tibbiy punkt, hojatxona, issiq ovqat va mebel jihozlari bilan ta’minlangan.

Yangiliklar lentasi
0