Toshkent jamoat transportini 2020-yilda qanday o‘zgarishlar kutmoqda?

Obuna bo‘lish
Ushbu yil davomida Toshkentda BRT - tajriba loyiha asosida 20 ta zamonaviy metrobuslar sotib olinadi. Undan tashqari 152 ta avtobus yo‘nalishlari qayta ko‘rib chiqiladi.

Bu yil Toshkent jamoat transportida bir necha muhim yangiliklar bo‘ladi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining 157-sonli qarorida aytib o‘tilgan. 

Xususan, 2020-yilda poytaxtda 152 ta avtobus yo‘nalishlari qayta ko‘rib chiqilib, ulardan 131 tasini maqbullashtiriladi, 14 tasini yopiladi va 7 ta yangi yo‘nalishlar ochiladi. 

Shuningdek, “Toshshahartransport” 2020-yil 1-oktabrga qadar Farg‘ona yo‘li ko‘chasida tezkor avtobus harakati qatnovini tashkil etish maqsadida maxsus qatnov yo‘lagini (BRT) tajriba loyihasi tariqasida amalga oshirish uchun eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan 20 ta zamonaviy elektrobus va quvvatlash uskunalari xarid qilinadi.

Ta’kidlanishicha, 2020-yil 1-sentabrga qadar jamot transportida yo‘nalishni rejalashtiriuvchi “Mening yo‘nalishim” elektron tizimini joriy etiladi.

Shuningdek, yirik avtobus bekatlarida yo‘nalishlar harakati jadvali va avtobusning yetib kelishi vaqtini ko‘rsatib turuvchi elektron-axborot tablolar bilan jihozlanishi ta’minlanadi.

Jamoat transporti haqidagi barcha yangiliklar bilan infografikamizda tanishing. 

Yangiliklar lentasi
0