Toshkent viloyatida 9 nafar koronavirusga chalingan bemor aniqlangan

© Sputnik / Nina Alekseyeva / Mediabankka o‘tishMinzurka s biomaterialom vzataya u patsiyenta v poliklinike
Minzurka s biomaterialom vzataya u patsiyenta v poliklinike - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Viloyatda koronavirus infeksiyasining kirib kelishini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida 2020-yil 23-mart kuni holatiga ko‘ra rasmiy ma’lumot berildi.

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Toshkent viloyati matbuot xizmati koronavirus infeksiyasining kirib kelishini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida  2020-yil 23-mart kuni holatiga ko‘ra rasmiy ma’lumot berdi.

“23 mart holatiga  Toshkent viloyati hududida koronovirus infeksiyasi aniqlangan fuqarolar 9 nafarni tashkil etdi”, - deyilgan xabarda.     

Rinok Abu-Saxiy v Tashkente  - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatidagi barcha buyum bozorlari yopiladi

Qayd etilishicha, 23-mart kuniga Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 101 nafar bemor bo‘lib, ular muntazam ravishda tibbiy nazoratga olingan                                                     

Ayni paytda viloyat bo‘yicha jami 195 nafar terapevt, 131 nafar reanimator, 64 nafar infeksionist, 133 nafar epidemiolog faoliyat olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, 23-mart holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlarning umumiy soni 46 kishini tashkil etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0