TOShKENT, 23 mar — Sputnik. “Yuventus” klubining portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu koronavirusga tahlil topshirdi. Tahlil natijasi futbolchida yangi turdagi koronavirus infeksiyasi yo‘qligini ko‘rsatdi. Bu haqda Eurosport xabar qildi.
Ta’kidlaniicha, “Yuventus” klubi barcha futbolchilar va xodimlari test natijalarini oldi. Ayni vaqtda faqat uch nafar futbolchida - Daniele Rugani, Blez Matuidi va Paulo Dibalida virus aniqlandi.
Ronaldu Madeyra orolida karantin o‘tkazmoqda. Italiya chempionati 3-aprelgacha tanaffus oldi.
Italiya Yevropa mamlakatlari orasida COVID-19 bo‘yicha kasallanganlar va undan vafot etganlar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.
Jon Xopkins universiteti qoshidagi tadqiqot va injinirng markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 59 138 kishi kasallandi, 5476 kishi vafot etdi va 7024 kishi sog‘ayib ketdi.